Alisson: "Liverpul" kerak bo'lmagan gollarni o'tkazib yubordi"

Mirjalol Normatov
30 okt 2022, 10:57
"Liverpul" posboni Alisson APL doirasida "Lids"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Nimalarni noto'g'ri qilganimizni yaxshilab o'ylab olishimiz kerak. Biz kerak bo'lmagan ikki golni o'tkazib yubordik. Ikkinchi golda esa jamoani qutqarib qolishim kerak bo'lgandi.

Hujumda yaxshi vaziyatlarimiz bo'ldi. Natijadan juda jahlimiz chiqyapti. Bu Premer-liga. Erkin nafas olib bo'lmaydi. Har bir uchrashuvda oxirigacha o'ynash kerak.

O'z maydoningda ochko yo'qotsang, kelasi o'yinga buning ta’sir o'tkazishiga yo'l qo'ymasliging kerak", - dedi Alisson.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal