Shuning uchun 1-turdan keyin ko'plab klub a'zolari aynan maydonning yaxshi emasligini ta'kidladi. Xususan chempionatning ochilish o'yinini "Buxoro" "Buxoro Arena" stadionida emas balki, Vobkentdagi o'yingohda o'tkazdi.
Xo'sh, bunga nima sabab? Jamoa endi qachondan "Markaziy" stadionda o'ynay boshlaydi. Bu kabi savollarga javob olish maqsadida "Buxoro" klubi rahbari Alisher Rustamovga murojaat qildik.
- Bu yil ob-havoning injiq kelganligi sababli shahrimizdagi "Buxoro Arena" stadionning maydoni ilk turga tayyor holatda bo'lmadi. Shu bois chempionatning ochilishini Vobkentdagi stadionda o'tkazishga qaror qildik. Asosiy stadionimizning maydonidagi chim endi-endi unib-o'smoqda. Agarda 1-turni shu stadionda o'tkazganimizda o'sayotgan chimning chiqishi bundanda qiyin bo'lardi va biz butun mavsum mobaynida qiynalardik. Shuni inobatga olib "Buxoro Arena" stadionning maydoni ideal xolatga kelishini kutyapmiz. Nasib qilsa 5 aprel kuni o'z maydonimizda "Metallurg"ni qabul qilamiz. Aynan shu 4-tur o'yinini "Buxoro Arena" stadionda o'tkazamiz", - deydi Alisher Rustamov "SA"ga bergan intervyusida.