Alisher Nikimbaev U-23 Osiyo Kubogi tashkilotchiligiga baho berdi hamda Iroqqa qarshi o'yindagi noxush holatga munosabat bildirdi

Оқил Абдубарноев
21 iyul 2022, 22:25
Saytimiz xodimlari Narzulla Saydullaev va Nikolay Egorichev Qatar futbol assotsiatsiyasi vakili, JCH-2022 tashkiliy qo'mitasi a'zosi Alisher Nikimbaev bilan suhbat uyushtirishdi.

- Sizningcha, U-23 Osiyo Kubogi tashkilotchilik tarafdan qanday o'tdi?

- Darhol aytishim mumkinki, yaxshi saviyada o'tkazildi. Muammolar ham uchradi. Bu hamma ko'rganidek, muxlislarning o'zini tutishi va "Bunyodkor" stadioni maysasi. Biroq muxlislar payqamaydigan, ammo mutaxassislar darhol sezadigan ijobiy o'zgarishlar kuzatildi. 

Eng asosiysini aytadigan bo'lsam, Osiyo Kubogi mezbonligi hech narsani anglatmaydi. O'zini yakka olganingizda shunday. O'z vaqtida biz 2006-2010 yillar oralig'ida 4 yilda 4 ta Osiyo Kubogini o'tkazganmiz. Maqsad uni o'tkazish emas, tajriba to'plash, o'rganish va JCHni qabul qilish edi – bu xoh U-17 bo'lsin, xoh U-19... Keyingi qadam sifatida shu o'ylangandi. Bilishimcha, vazifa hamon shunday.

Umuman olganda, U-23 Osiyo Kubogi tashkilotchiligini 5 ballik tizimda 4 bahoga loyiq ko'rgan bo'lardim. Eng muhimi, rahbariyat ertami-kechmi yoshlar o'rtasidagi JCHga mezbonlik qilmoqchi. 

- U-23 Osiyo Kubogida Iroq bilan o'yindagi noxush holat OFKning keyingi rejalariga qanday ta’sir o'tkazishi mumkin?

- Keyingi yil O'zbekiston U-20 Osiyo Kubogiga mezbonlik qiladi. Darajasi ozgina pastroq, lekin unda JCH yo'llanmasi o'ynaladi. OFK U-23 Osiyo Kubogidagi holatni unutmagan holda ish ko'rishi aniq. Holat qayta takrorlanmasligi uchun qo'shimcha ishlar qilinadi. Albatta, yoqimsiz holat kuzatildi. Buni hamma ko'rdi va muhokama qildi. O'ylaymanki, hammamiz insonmiz va xato qilishga moyilmiz. Asosiysi, nima bo'lgani emas, unga qilingan reakciya, buyog'iga nima qilish masalasidir, shu asosiy savol. 

OFK jiddiy qarorlar qabul qildi, chunki tashkilot nafaqat O'zbekistonni, balki qaysidir manoda o'zini ham jazoladi. Yarim final.. yana muxlislarsiz, bo'sh tribunada... Hatto translyatsiya ovozi umuman boshqacha, xuddi o'rtoqlik o'yiniga o'xshaydi. 

Xullas, OFK bunga jiidy ahamiyat qaratdi deya olaman. Bu vaziyat keyingi yil o'tadigan Osiyo Kubogi vaqtida yana muhokama qilinadi, dedi Nikimbaev.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia