Alisher Mahmudov: “Bizni faqat g'alaba qoniqtiradi”

Narzulla Saydullayev
2 noya 2016, 16:48
Oliy liganing navbatdagi 28-turida Namanganning “Navbahor” klubi safarda “Metallurg” mehmoni bo'ladi.
Ushbu bahs oldidan “Navbahor” klubi futbolchisi Alisher Mahmudov o'z fikrlarini bildirdi.

“Metallurg” jamoasiga qarshi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bizni faqat g'alaba qoniqtiradi. Mashg'ulotlarda ko'proq jismoniy holatga e'tibor qaratyapmiz. Ikkinchi bo'limda toliqib qolayotganimiz uchun mashg'ulotlarda ko'proq jismoniy holatimizga e'tibor qaratayapmiz. Nasib qilsa qolgan uchrashuvlarda g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilamiz”, - deydi “Navbahor” klubi futbolchisi Alisher Mahmudov

Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia