Alisher Latipov: "O'yinni yana berib qo'ydik"

Administrator
10 sen 2023
Pro liga 17-turidan o'rin olgan "Yunired" – "Mashal" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Alisher Latipov o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

- Uchrashuv haqidagi fikringiz?

- O'yin juda qiyin bo'ldi. "Mashal" jamoasiga ham g'alaba zarur edi. Buni bilardik. Tayyorgarlik ko'rdik. Lekin qo'pol xatolar sabab, o'yinni yana berib qo'ydik. "Mashal"ni g'alaba bilan tabriklayman.

- Hakamlik haqida fikringiz qanday?

- Boshidagi vaziyatda menimcha qizil kartochka bor edi. Buni hakamlar qo'mitasi ko'rib chiqishiga umid qilaman. Biroq, mag'lubiyatga asosiy sabab bu qo'pol xatolarga yo'l qo'yganimiz. Hakamni ayblash ham to'g'ri emas.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia