Aleksis Sanches: “Vilanova “Barselona”na tark etishimga ruxsat bermadi”

7 okt 2013, 11:18
“Barselona” klubi hujumchi Aleksis Sanches, klubning sobiq bosh murabbiyi Tito Vilanovaga o'z minnatdorchiligini bildirdi, deb xabar beradi ispan OAV.

Chililik futbolchi Vilanovaning sharofati bilan kataloniyaliklar klubida o'ynashni davom ettirayotganligini aytib o'tdi.

“Tito faoliyatimda asosiy rolni o'ynadi desam xato qilmagan bo'laman. O'shanda men yomon ruhiy holatda edim, lekin murabbiy menga dalda berib turdi. U mendan klubni tark etmasligimni so'radi”, - deya ta'kidladi Sanches.

Ushbu mavsumda Sanches 6 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urishga erishdi.


Manba: championat.com