Aleksis Sanches "Sevilya" yoki "Atletiko"ga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
2 mar 2017
Marca nashri xabariga ko'ra, "Arsenal" hujumchisi Aleksis Sanches Ispaniyaga qaytishi mumkin.

Futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti, shu bois rahbariyat uni sotib yuborish haqida bosh qotirmoqda. Grandlardan tashqari "Atletiko" va "Sevilya" klublari ham chililik futbolchiga qiziqib qolishgan. Andalusiyaliklarni Chili sobiq ustozi Xorxe Sampaoli boshqarmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com