Aleksis Sanches: "Milan"ga qarshi judayam yaxshi o'ynashimiz kerak bo'ladi

Narzulla Saydullayev
22 okt 2013, 12:54
"Barselona" hujumchisi Aleksis Sanches Chempionlar Ligasi doirasidagi "Milan"ga qarshi kechajak o'yin qiyin bo'lishiga ishonchi komil ekanini ta'kidladi.
Xerardo Martino shogirdlari milanliklar bilan mehmonda to'p suradi.

"Biz aslo "Milan"ni mensimay o'ynashimiz kerak emas. O'tgan mavsumda ular tarkiblarida ajoyib futbolchilar to'p so'rishini ko'rsatib qo'yishgandi. O'tgan yilgi tajribadan kelib chiqib aytish mumkinki, ularga qarshi juda kuchli o'ynashimiz kerak bo'ladi", dedi Chili terma jamoasi hujumchisi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com