Aleksis Sanches Chili tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2017, 00:41
Konfederatsiyalar kubogida Germaniya terma jamoasiga kiritgan goli Chili terma jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches uchun tarixiy voqelikka aylandi.

“Arsenal” forvardi uchrashuvning 6-daqiqasidayoq nemislar darvozasiga gol urib Chili terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Ayni paytda uning hisobida 108 uchrashuvda 38 ta gol mavjud. U shu paytgacha terma jamoa to'purarlar bahsida Marselo Salas bilan bir xil ko'rsatkichga ega edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: http://www.lequipe.fr/