Aleksis Sanches "Arsenal" qiziqishiga sabab bo'ldi

Tolibjon Qosimov
17 fev 2014, 15:04
"Barselona" va Chili terma jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches "Arsenal" qiziqishlari doirasiga kirib qoldi, deb xabar bermoqda "Fichajes".
Futbolchi "kanonirlar"ning yozgi transfer oynasi vaqtidagi eng asosiy nishoni bo'ladi. "Arsenal"dan tashqari chililik futbolchiga "Yuventus" ham qiziqmoqda.

Sanches so'nggi paytda juda ko'p bor asosiy tarkibda o'ynamoqda, lekin "Barselona"dan ketishi mumkin.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net