Aleksandr Xomyakov: "Jamoamizga kelgan legionerlar saviyali. Faqat..."

Iskandarov Abdulaziz
1 fev 2023
"Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov "Chiksereda"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Turkiya yig'inidagi dastlabki uchrashuv qanday taassurot qoldirdi?

- Ha, bu bizning ushbu yig'inimizdagi dastlabki o'yinimiz. Birinchi uchrashuv uchun normal holat. Birinchi bo'limda yangi kelgan yigitlarni ko'rib oldik. Jamoamiz a'zolarining bir-birlarini to'liq tushunib, jamoaviy o'ynashlari uchun hali biroz vaqt bor. Umuman olganda, qoniqish hosil qildim. Qayerdadir tashabbusni berib qo'ydik, ammo ko'proq to'pga ega chiqdik. Hali ishlashimiz kerak, asosiysi, jamoamizda potencial bor.

- Birinchi bo'limda "Andijon" tarkibida maydonga tushgan 3 nafar legioner haqida...

- Hozircha legionerlar jamoaga to'liq kirishib kyetishgani yo'q. Umid qilamanki, keyingi o'yinga yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatishlari kerak. Ular saviyali o'yinchilar. Faqat funkcional holatini yaxshilash kerak, umuman olib qaraganda yomon emas.
Ruminiya jamoasini tajovuzkorligi va chidamliligi ko'rindi. Ular ham yomon emas. Futbolchilari o'z joylarini almashib harakatlanishdi. Menimcha, ikkinchi bo'limda qiziqarli o'yin bo'ldi. Asosiysi, jamoamizning holatini va xatolarimizni ko'rib olib, ular ustida ishlash edi. Bu tomondan yaxshi o'yin bo'ldi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia