Aleksandr Xomyakov: "Bunyodkor" bilan durang adolatli natija"

Narzulla Saydullayev
15 avg 2016
"Mashal" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.

"Qiziqarli va tezkor o'yin bo'ldi. Jamoalar maydonda bor kuchlarini berishdi. Jangovor durang bo'ldi. Birinchi bo'limda ko'proq vaziyatlar yaratdik, ammo ikkinchi bo'limda hisobni ushlab qolishga urindik. Bitta ikkita vaziyatdan tashqari boshqa vaziyat yarata olmadik. Raqib hujumkorlikni oshirdi va gol urdi. Menimcha durang adolatli natija bo'ldi deb ayta olaman", - deydi Xomyakov.


"Mashal" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia