Aleksandr Volkov “Sho'rtan”dan “qochib ketdi”

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2016, 10:39
Yangi mavsumdan “Sho'rtan” jamoasini boshqarishi kutilayotgan Aleksandr Volkov klubni tark etdi.

Yaqin manbalarning ma'lum qilishicha, Toshkentning Oliy ligaga yo'llanma olgan jamoasi “Obod”ga qarshi uchrashuvdan so'ng “oq bo'rilar” murabbiyi Volkov ko'rinmay qolgan.

O'rtoqlik uchrashuvidagi mag'lubiyat(2:4) murabbiyning ketishiga sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Bir oz oldinroq Volkov o'zi istagan futbolchilarni klubga olib kelishi bo'yicha muammolarga uchrayotganligi haqida eshitgandik.

Eslatib o'tamiz, Aleksandr Volkov klub rasmiy saytiga bergan intervyusida “Sho'rtan”ga besh yil deganda yetishganligini ma'lum qilgandi.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra murabbiy faoliyatini vodiy klublaridan birida davom ettirmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz