Aleksandr Song Rubinga tekinga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2016
Rubin Barselona bilan yarim himoyachi Aleksandr Song borasida muzokarani davom ettirmoqda.

28 yoshli futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2017 yil yozigacha amal qiladi. Biroq tomonlar uni bekor qilishlari mumkin.

Bunday holda Song Rubinga erkin agent sifatida ko'chib o'tadi. Oldinroq futbolchi Qozon shahriga Rubin bilan muzokara o'tkazish uchun kelgani haqida xabarlar chiqqandi.

O'tgan ikki mavsumni Song Vest Xemda ijarada o'tkazdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: mundodeportivo.com