Aleksandr Panov: "MYU"ga nomdorroq va xarizmatik murabbiy kerak"

Tolibjon Qosimov
17 mar 2014, 18:53
Rossiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Aleksandr Panov "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Devid Moyes haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Fikrimcha mavsumlar oralig'ida MYU rahbariyati murabbiy tanlashda adashdi. Devid Moyes yaxshi mutaxassis, lekin u "Manchester Yunayted" o'z oldiga qo'yadigan vazifalarni bajarishga qodirmas. Buning uchun klubga boshqa nomdorroq va xarizmatik bosh murabbiy kerak", deya Panov so'zlaridan ITAR-TASS iqtibos keltirmoqda.

Eslatib o'tish kerakki, kecha "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Liverpul"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net