Aleksandr Mochinov O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Narzulla Saydullayev
24 iyun 2014, 12:13
O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi murabbiylar shtabida ham bir qator o'zgarishlar yuz berdi.
Shu kungacha terma jamoani boshqarib kelgan Temur Olimxo'jaev O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasidan ozod etildi.

Temur Olimxo'jaev endilikda 2000 va undan keyingi yillarda tug'ilgan o'smirlar (U-14) terma jamoasini boshqaradi. 1998 va undan keyingi yillarda tug'ilgan o'smirlar terma jamoasiga esa, Aleksandr Mochinov bosh murabbiy etib tayinlandi.

Aleksandr Mochinovga O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasini shu yilning sentyabr oyida Tailandda bo'lib o'tadigan Osiyo Chempionatiga munosib tayyorlash vazifasi yuklatilgan.

O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasining sentyabr oyida Tailandda tashkil etilishi kutilayotgan Osiyo chempionatiga tayyorgarligining bir qismidir. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ushbu musobaqa final bosqichi S guruhida Kuvayt, Nepal va KXDR o'smirlariga qarshi to'p suradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com