Aleksandr Mochinov: Bunday turnirda ilk o'yin doimo qiyin kechadi

Narzulla Saydullayev
7 sen 2014, 20:24
O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochino Nepalga qarshi o'yinning so'nggi daqiqalarida terma jamoadan omad yuz o'girganini ta'kidladi.
So'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborish alam qiladi. Bizda o'yin oxirida qarshi hujumlarda gol kiritish uchun imkon bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Raqib esa o'zi yaratgan kam sonli hujumlardan birini golga aylantira oldi, - deydi Mochinov o'yindan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida.

O'yin so'nggida futbolchilarga nima bo'lganini tushunmadim. Iqlim sharoiti biroz noqulay, shuning uchun ham charchab qolgandek ko'rinishdi. So'nggi daqiqalarda koncentraciyani yo'qotdik va gol o'tkazib yubordik. Shu o'rinda, Nepal terma jamoasini tabriklayman. Nepal ko'pchilik kutganidek kuchsiz jamoa emas. Ular o'yin so'ngida katta ishtiyoq bilan o'ynashdi, - deydi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi.

Aleksandr Mochinov, terma jamoa keyingi o'yinlarda bugungi o'yindagi xatolarni takrorlamasligi kerakligini takdladi. KXDR va Kuvaytga qarshi o'yinlarda bunday xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Bugungi o'yinni unutib, keyingi ikki o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Birinchi o'yin doim qiyin kechgan. Bir o'yin bilan jamoa kuchiga baho berib bo'lmaydi, - deydi Mochinov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com