Aleksandr Krestinin Toshkentning "Bunyodkor" klubini boshqaradi

Og'abek Samisov
3 iyul 2023, 20:55
Bu haqda Championat.asia manbasi xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Krestinin "qaldirg'ochlar" bilan kelishuvga erishgan va tez orada klubda ish boshlaydi.

1978 yilning 19 sentyabrida tug'ilgan rossiyalik mutaxassis uzoq yillar davomida Rossiyaning turli klublarida to'p surgan. 

Murabbiylik faoliyatini Qirg'izistonning "Neftchi" klubida boshlagan. Krestinin 2014 yildan 2023 yilga qadar Qirg'iziston milliy terma jamoasini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Og'abek SamisovMuallif
Manba: championat.asia