

- Hozir hech kimdan xato qidirishning mavridi emas. Bugun hamma xato qildi. Umumiy manoda jismoniy tarafdan yutqazdik. Boz ustiga, birinchi ligada hali mavsum boshlanmagani ham bizga pand berdi. Xatolar ustida ishlaymiz va ularni bartaraf qilamiz.
Ha, bugun hisob yirik ko'rinish oldi. Ochig'i, hech kim bunday bo'lishini kutmagandi. Ammo bu -futbol. Futbolda bunday holatlar uchrab turadi. Bugun mag'lubiyatga uchradik. Endi bu o'yinni unutgan holda chempionat bahslariga tayyorgarlik ko'ramiz.



