Aleksandr Kerjakov O'zbekistondan tushgan taklifni rad etgan

Sherzod Nurmatov
14 mar 2025, 13:01
Rossiyalik murabbiy Aleksandr Kerjakov qaysi davlatlardan takliflar olgani haqida gapirib berdi.

Kerjakov 2024 yil 3 sentyabrda Olmaota klubi "Qayrat"ni tark etgandi. 

– Hozir qandaydir muhokamalar yoki ishga takliflar bormi?

– To'g'risi, muhokamalar bo'ldi, haqiqatan ham ekzotik takliflar bo'ldi.

– Anig'ini ayting-chi...

– Vetnam, Hindiston va O'zbekistondan takliflar tushdi.

– Bu oddiy variantlarga o'xshamoqda. Siz u erga borishga tayyormisiz yoki rad qilasizmi?

– Men rad qildim.

Eslatib o'tamiz, "Zenit", "Sevilya", "Dinamo" Moskva sobiq hujumchisi murabbiylik mobaynida "Tom", "Nijniy Novgorod", "Karmiotissa" (Kipr), "Spartak" Subotica (Serbiya) va "Qayrat" (Qozog'iston) jamoalarida faoliyat yuritgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.com