Aleksandr Geynrix "Ordabasi"ga o'tdi

27 fev 2015, 00:24
Qozog'istonning Sports.kz saytining xabar berishicha, "Lokomotiv" klubining sobiq futbolchisiga aylangan Aleksandr Geynrix "Ordabasi" klubiga yo'l olgan.
Qozog'istonning "Ordabasi" jamoasi Aleksandr Geynrixni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olgan.

Eslatib o'tamiz, yaqindagina futbolchi Toshkentning "Lokomotiv" jamoasini tark etgandi.

Aleksandr Geynrxi faoliyati davomida Toshkentning "Do'stlik", "Paxtakor", "Lokomotiv", Rossiyaning SSKA, "Torpedo", Janubiy Koreyaning Suvon Samsung Blyuvings, BAAning Emireyts va Qozog'istonning Aktobe jamoalari sharafini himoya qilib kelgan.

Manba: sports.kz