Aleksander-Arnold Vinisius bilan kutilayotgan duel haqida to'xtalib o'tdi

Sherzod Nurmatov
28 may 2022, 22:25
"Liverpul" o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Chempionlar Ligasi finalida Vinisiusga qarshi o'yindan kutayotgan umidi bilan o'rtoqlashdi.

"Real Madrid"ga qarshi o'ynaganingizda, siz jahon darajasidagi o'yinchilarga qarshi turishni kutasiz. Butun maydonda duellar bo'ladi. Bizda ularning hujumlariga qanday dosh berishga asoslangan rejamiz bor.

Vinisius – qoyilmaqom o'yinchi, u buni ayniqsa, joriy mavsumda gol urib, pas oshirib ko'rsatdi. Uni kuzatish qiziq.

Biz o'z ishimizni individual va jamoaviy tarzda yaxshi bajarishimiz kerak. Bu jamoaviy o'yin va yakunda jamoa g'alaba qozonadi", – dedi angliyalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" va "Real" o'rtasidagi Chempionlar Ligasi finali bugun Parijda bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana