Aleks Fergyuson yana MYU ustozi bo'ladi...

Narzulla Saydullayev
21 mar 2017, 07:30
"Manchester Yunayted" sobiq ustozi Aleks Fergyuson yana bitta o'yinda jamoani boshqaradi.
Bu holat Maykl Kerrikning jamoada o'ynayotganiga 11 yil to'lishi munosabati bilan o'tkaziladigan o'yinda sodir bo'ladi. Bu haqda "Manchester Yunayted" rasmiy sayti xabar berdi.

"MYU-2008" - "Maykl Karrik barcha yulduzlar" o'rtasidagi bahs 4 iyun kuni "Old Trafford" stadionida bo'lib o'tadi. Fergyuson boshchiligidagi MYU safida Rio Ferdinand, Pol Skoulz, Rayan Giggz kabi futbolchilar o'ynashadi. "Barcha yulduzlar" jamoasini Garri Rednapp boshqaradi. Bu jamoa tarkibida Frenk Lempard, Stiven Jerard, Maykl Ouen kabi yulduzlar maydonga tushishadi. Qolgan futbolchilar keyinchalik ma'lum qilinadi.

Bu o'yindan tushgan barcha pul Michael Carrick Foundation xayriya fondiga tushadi. Bu fond Manchester va Nyukasldagi muhtoj bolalarga yordam berib keladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manutd.com