Aleks Fergyuson: Angliya futboli so'nggi yillarda ancha oldinga qadam tashladi

4 avg 2013, 17:26
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson Angliya futbolidagi so'ngi yillardagi o'sish haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Angliya futboli 27 yil avvalgi ko'ra judayam yaxshi holatda. Futbol barcha yo'nalishlar bo'yicha rivojlanishga erishdi: televideniya, muxlislik, futbolchilar mahorati va klublardagi menejment. Barchasi rivojlandi".

"Futbolning avvalgi holatini nostalgiya bilan eslaydiganlar, holatga pushtirang ko'zoynak bilan qarashadi. Ular vaziyatga to'g'ri baho bera olishmaydi. Avval futbol mamlakat hayotida hozirgichalik muhim rol o'ynamagan".

"Bizning chempionatni boshqalardan sog'lom raqobat ajratib turadi. Hozirgi vaqtda klublar uchun biror sovrinni qo'lga kiritish tobora qiyin bo'lib bormoqda".

"Undan tashqari, premer liga ajoyib muxlislik darajasi bilan dong'i ketgan. Men faqatgina "Old Trafford" haqida gapirmayapman. Meni Angliyaning juda ko'p stadionlaridagi muxlislik va ehtiros darajasi hayratda qoldirgan", deya Fergyusondan The Telegraph iqtibos keltirmoqda.

Manba: sports.ru