Alberto Jilardino: “Jenoa”da qolganimdan mamnunman”

Tolibjon Qosimov
17 sen 2013
“Jenoa” klubi hujumchisi Alberto Jilardino, o'tgan yoz mavsumida “Yuventus” safiga o'tmaganligidan hech ham achinmayotganini aytib o'tdi.

U “Jenoa”da yanada yuqori natijalarga erishishiga ishonmoqda.

- Men “Jenoa”da qoldim va bundan mamnunman. Ko'pchilik mening boshqa klubga o'tishim haqida gapirdi, lekin men professional futbolchiman va o'z maqsadimga shu yerda ham erisha olaman. Jismoniy va psixologik jihatdan o'zimni yaxshi his yatayapman. Bundan keyin ham yuqoriga intilishda davom etaman, - Jilardinoning so'zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru