Alberto Akvilani AQSH klubiga ko'chib o'tishi mumkin
Narzulla Saydullayev
26 iyul 2014, 21:27
Fiorentina yarim himoyachisi Alberto Akvilani AQSHning Nyu-York klubiga ko'chib o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda Sportmediaset nashri.
Futbolchining vakillari fialkalar bilan 2015 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishishmadi. Shu bois Akvilani boshqa klubga o'tishi mumkin.