Albert Selades: "Lill - hujumkor va ajoyib jamoa"

"Valensiya" bosh murabbiyi Albert Selades Chempionlar ligasi 3-turida "Lill"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Lill - hujumkor va ajoyib jamoa. G'alaba qozonish ustuvor vazifamiz bo'lgan o'yinda ko'plab qiyinchiliklarga duch kelamiz. Garchi, ular ikki turdan so'ng 0 ochko bilan borishayotgan bo'lsa ham, "Ayaks" va "Chelsi" singari kuchli jamoalar bilan o'ynaganini hisobga olishimiz kerak. Mazkur klublar ham yutish uchun oz-muncha ter to'kishgani yo'q. Qiyin o'yin bo'lishini tushunib turibmiz", - deydi Selades.


Manba: uefa.com