Ispaniya Albaniyani mag'lub etib, guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunladi

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2024, 01:54
Albaniya hamda Ispaniya o'rtasida o'tkaziladigan Evro-2024 guruh bosqichi 3-tur o'yini yakunlandi.

Albaniya - Ispaniya 0:1 LIVE

Albaniya: Strakosha, Balliu, Mitay, Arlin Ayeti, Jimsiti, Manay, Asani, Bayrami, Lachi, Ramadani, Asslani.

Ispaniya: Raya, Vivian, Merino, Xoselu, Olmo, Ferran Torres, Grimaldo, Lyaport, Subimendi, Oyarsabal, Xesus Navas.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90. Daniel Vivian ogohlantirildi

84. Arber Xodjaning kuchli zarbasi ancha noaniq chiqdi

79. Grimaldodan navbatdagi ajoyib uzatma, biroq Olmoning zarbasini himoyachi qaytardi

77. Aslanining uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

76. Morata hisobni oshirishi mumkin edi, biroq ispanlar hujumchisi ofsaydda qolib ketgan ekan

66. Ogohlantirish: Hakam Nedim Bayramining yiqilishga ishonmadi va unga simulaciya uchun sariq kartochka berdi

64. Armando Broyaning boshi bilan yo'llagan aniq va kuchli zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi. Arsenal darvozabonidan navbatdagi seyv

62. Oyarsabalning o'rniga Fermin Lopes maydonga tushdi

55. To'pga egalik qilayotgan ispanlar hujum qilishga shoshilmayapti, albanlarning esa ularga hozircha kuchi etmayapti

47. Xoseluning super zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi. Agar ushbu zarba gol bo'lganida turnirning eng chiroyli gollaridan biri bo'lardi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45. Kristyan Aslanining super zarbasini ispanlar darvozaboni ajoyib tarzda qaytardi

44. Grimaldoning navbatdagi ajoyib uzatma, biroq bu safar Merino imkoniyatidan foydalana olmadi 

41. Grimaldoning ajoyib uzatmasidan so'ng Torres boshi bilan zarba yo'lladi, biroq hujumchining zarbasiga aniqlik yetishmadi

36. Navas ajoyib harakat qildi va to'pni Dani Olmoga o'zatdi, biroq Danining zarbasini himoyach iqaytardi.

33. Torres jarima maydonchasiga kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, biroq himoyachi to'pni burchakka chiqarib yubordi

26. Daniel Vivianning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi

22. Birinchi bo'limning yarim ortda qoldi, hozircha ustunlik to'liq ispanlarda. Olmoning zarbasi noaniq chiqdi

13. GOOOL. Ferran Torres hisobni ochdi. Unga Olmo ajoyib tarzda uzatmani amalga oshirdi

12. Navasdan super uzatma va Merino boshi bilan ajoyib tarzda zarba yo'lladi, biroq Strakoshadan seyv

6. Hozircha jamoalar ancha sokin harakat qilishmoqda. Ispaniya hujum qilishga intilmoqda, Albaniya esa yaxshi himoyalanmoqda

UCHRASHUV BOSHLANDI

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia