La Liga. Mbappe va Rodrigoning goli "Real"ga mehmonda "Alaves" ustidan g'alabani taqdim etdi
Alisher Ostonov
15 dek 2025
La Liga 16-tur doirasidagi "Alaves" - "Real" o'yini bo'lib o'tdi.
Dastlab Kilian Mbappe 24-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobni ochdi. Karlos Visente 68-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Ammo, oradan ko'p o'tmay, aniqrog'i 76-daqiqada Rodrigo gol urib, “qirollik klubi”ga g'alaba taqdim etdi.