La Liga. "Atletiko" "Alaves"ni enga olmadi

Alisher Ostonov
3 may 2025
La Liga 34-tur doirasidagi "Alaves" - "Atletiko" o'yini bo'lib o'tdi.

Bahs nursiz durang bilan yakunlandi. Qiziqarlisi, hakam birinchi taym so'nggida "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresni maydondan chetlatdi, ammo VARdan so'ng bu qarorini bekor qildi.

Madrid klubi ayni damda 67 ochko bilan uchinchi mustahkam o'rnashgan. "Alaves"ni esa xavfli hududdan hozircha (35 ochko) uch ochko ajratib turibdi.


3 may 2025, 17:00
Deportivo Alavés — Atlético Madrid
0 – 0
Tugadi



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia