Alan Shirer sharafiga haykal o'rnatiladi

Narzulla Saydullayev
5 mar 2015, 09:00
"Nyukasl" sobiq hujumchisi Alan Shirer sharafiga haykal o'rnatiladi.
1996 yilda "hakkalar" o'zlari uchun 15 million funt evaziga Shirerni sotib olishgandi. U 10 yil davomida 206ta gol urgan. 2009 yilda esa "Nyukasl" bosh murabbiyi sifatida ham ishlab ko'rgandi.

Shepherd Offshore kompaniyasi tomonidan bronzadan yasalgan haykal deyarli 3 metr balandlikka ega, deb xabar bermoqda BBC nashri.

Yaqin orada haykal "Nyukasl"ning uy stadioni bo'lgan "Sent Jeyms Park" yoniga o'rnatiladi.

Futbolchilik faoliyatini tugatib, murabbiylikda omadi yurishmagan Shirer televideniyada ekspert bo'lib ishlab kelmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru