Alan Shirer: "Fernandesh Ronaldusiz baxtliroq ko'rinmoqda"

Sherzod Nurmatov
21 okt 2022
"Nyukasl" va Angliya terma jamoasi afsonaviy futbolchisi Alan Shirer "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandeshning APL 12-turi doirasidagi "Tottenxem"ga (2:0) qarshi o'yindagi harakatlari haqida fikr bildirdi.

"Menimcha, Fernandesh Ronaldusiz baxtliroq ko'rinmoqda. "Tottenxem"ga qarshi o'yinda u shijoatkor va himoyada ham, hujumda ham yetakchilik fazilatlarini namoyon etdi. U jamoaga ko'p narsa berdi va haqli ravishda gol urdi", – dedi Shirer.

Fernandesh joriy mavsum MYU uchun 14 ta o'yinda qatnashib, 2 ta to'p kiritdi va 1 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evening Standard