"Bavariya" va Avstriya terma jamoasi himoyachisi David Alaba 1:1 hisobida yakunlangan Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida, o'yinni oxiriga davom ettira olmadi.
22 yoshli futbolchi birinchi bo'limda tizzasida og'riq his qildi va murabbiylardan uni o'zgartirishlarini so'radi.
Eslatib o'tamiz, Alaba 2014 yilning noyabrida olgan tizzasidagi jarohat tufayli 2 oy maydonga tusha olmagan.