Alaba Ispaniya Superkubogi finalini o'tkazib yuboradi

Alisher
15 yanv 2022, 14:43
"Real" himoyachisi David Alaba Ispaniya Superkubogi finali doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.

29 yoshli avstriyalik futbolchi jarohatidan tiklanishga ulgurmadi va shu sabab ham yarim final doirasidagi "Barselona" (3:2)ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi.

Futbolchi reabilitatciyani yakunlash uchun Ispaniyaga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya Superkubogi finali doirasidagi "Atletik" - "Real" o'yini ertaga Ar-Riyodda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca