Alaba "Betis"ga qarshi o'yinga tayyor

Alisher
17 may 2022
Madridning "Real" klubi himoyachisi David Alaba jarohatidan tiklandi va maydonga qaytishga tayyor.

Bosh murabbiy Karlo Anchelotti avstriyalik futbolchiga "Betis"ga qarshi Ispaniya chempionati doirasidagi o'yindayoq ishonch bildirishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Alaba "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar Ligasi yarim final ilk o'yini doirasida jarohat olgandi.

Alaba "Real"ga 2021 yilning yozida "Bavariya"dan erkin agent maqomida o'tgandi. Avstriyalik "qaymoqranglilar"ning eng ko'p haq oladigan o'yinchilaridan biridir.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo