

Mehmonlar safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Aziz G'aniev o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi.
Nikolas Ximenesning 34-daqiqadagi goli "Al Vasl"ga uch ochko taqdim etdi. Bahsning so'nggi qismida har ikkala jamoaning bir nafardan o'yinchisi maydondan chetlatildi: Ali Solih (74-daqiqa) va Alvaro de Oliveyra (84-daqiqa).
"Al Vasl" BAA chempionatida 16 o'yindan so'ng 29 ochko bilan to'rtinchi, "Al Bataeh" esa 17 o'yindan so'ng 13 ochko bilan o'n ikkinchi o'rinda bormoqda.






