"Al-Shabab" - "Nasaf" uchrashuvini iordaniyalik hakamlar boshqarib borishadi

Mirjalol Normatov
19 fev 2023, 16:08
OFK OCHL-2022 1/8 finali hakamlarini e'lon qildi.

"Al-Shabab" - "Nasaf" uchrashuvini Adham Muhammad Tumah Maxmadeh boshqarib boradigan bo'ldi. Unga qanotlarda Ahmad Muannas Ali Alroalle va Muhammad Mustafo Hassan Alkalaflar yordam berishadi. Zaxira hakami sifatida Muhanad Qosim ishlaydi. 

Hakamlar ishini Cheung Yim Yau nazorat qiladi. Uchrashuv komissari sifatida Fahad Albarrak tayinlangan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати