Eshitdik-da! "Al Sadd" Sherzod Nasrullaevni kuzatmoqda

Tolibjon Qosimov
4 dek 2023
Ayni paytda OCHL 6-turi doirasida "Nasaf" jamoasi Qatarda "Al Sadd" mehmoni bo'lmoqda.

1-bo'limdan keyin mezbonlar 1:0 hisobida oldinda borishmoqda. "Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, mana shu uchrashuvda "Al Sadd" klubi qarshiliklar chap qanot himoyachisi Sherzod Nasrullaevni kuzatmoqda. Qatarliklar tomonidan 25 yoshli himoyachiga qiziqish bor.


Nasrullaev joriy mavsum OCHLning barcha o'yinida ishtirok etmoqda. Superligada esa 25ta uchrashuvda 2 ta gol urgan va 5 ta golli pas bergan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia