Al-Sadd: Hozircha Xavi bilan shartnoma tuzilgani yo'q

Narzulla Saydullayev
29 mar 2015, 08:20
Qatarning Al-Sadd klubi Barselona yarim himoyachisi Xavi bilan hali shartnoma tuzmaganini ma'lum qildi.
Xavi ayni paytda oilasi bilan Doxada bo'lib turibdi. U mamlakat va klub bilan tanishmoqda.

Xavi bilan shartnoma tuzilsa bu haqda xabar beramiz. Hozircha shartnoma tuzilmadi. Klub Xavining yakuniy qarorini kutmoqda, – deyiladi bayonotda.

Oldinroq 35 yoshli futbolchi yangi mavsumdan boshlab Al-Saddda o'ynab yiliga 10 million evro maosh olishi aytilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru