“Al Nassr” xo'jayini Ronalduning ehtimoliy transferi haqidagi savolga kutilmagan javob qaytardi

Eldor Akmurzayev
16 dek 2022, 08:10
Avvalroq, Jaloliddin Masharipov Krishtianu Ronalduning kelish ehtimoli borligi tufayli 7-raqamini 77-ga o'zgartirgandi.

Biroq, “Al Nassr” xo'jayini Musli Al Muammar portugaliyalik yulduzni tanimasligini aytdi.

- Ronaldu qani? (transfer haqida)

- Kim u Ronaldu?

- Ronalduni tanimaysizmi?

- Yo'q, tanimayman, deya javob qilgan prezident.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu hozirda “Real” bazasida tayyorgarlik olib bormoqda. U faoliyatini Yevropada davom ettirishni istamoqda. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/football_ll55