“Al Nassr” ustozi: “Ronaldu Yevropaga qaytadi”

Eldor Akmurzayev
29 yanv 2023, 10:15
Riyodliklar ustozi Rudi Garsiya hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

Portugaliyalik “Al Nassr” safida 2 bahsda qatnashishga ulgurdi va samarali natija ko'rsata olmadi.

“Ronaldu – tarkibimizni sifat jihatdan yaxshilaydi, u raqib himoyachilariga muammo tug'diradi. U dunyoning eng yaxshi forvardlaridan biri. U faoliyatini “Al Nassr”da yakunlaydi deb o'ylamayman. Ronaldu Yevropaga qaytadi”, deydi Garsiya.

Eslatib o'tamiz, 37 yoshli futbolchining “Al Nassr” bilan shartnomasi 2025 yil yozida o'z nihoyasiga etadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: talkSPORT