⚡️ “Al Nassr” Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi bilan kelishuvga erishdi. Transfer hafta oxirida e'lon qilinishi kutilmoqda

Eldor Akmurzayev
26 yanv 2023, 23:00
Bu haqda italiyalik jurnalist-insayder Rudi Galetti xabar bermoqda.

Unga ko'ra, “Al Nassr” “Al Sadd” a'zosi Akrom Afif bilan muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi.

Klub 26 yoshli chap qanot vingeri bilan shartnomani iloji boricha tezroq imzolashni istamoqda. Riyodliklar Qatar TJ o'yinchisini 6 oyga ijaraga olmoqchi va transfer hafta oxirigacha e'lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Afif “Eypen” (Belgiya), “Vilyarreal”, “Sporting Xixon” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. U Qatar termasi safida 2019 yilgi Osiyo Kubogida muvaffaqiyatga erishgan va 2021 yil AQSHda o'tkazilgan Konkakaf Oltin Kubogida bronza medalini qo'lga kiritgan. Shuningdek, Akrom Afif 2019 yil OFK tomonidan yil futbolchisi deb topilgandi.

U o'tgan mavsum Qatar Yulduzlar Ligasida 18 bahsda qatnashib, 14+17 natija qayd etgandi. Bu mavsum esa hujumkor futbolchi 2 o'yinda bitta gol urdi.

Avvalroq, “Al Nassr” jarohatdagi David Ospina o'rniga argentinalik kiper Agustin Rossini o'z safiga qo'shib olgandi. Afif keladigan bo'lsa, jamoadagi legionerlar soni 10 nafarga etadi.  

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/RudyGaletti