

Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi "Man Yunayted" vingeri Antonini sotib olish niyatida. Xabar qilinishicha, Antoni "Al Nassr"ning asosiy transfer nishoni bo'lib turibdi. Rafinyani qo'lga kiritish imkoni bo'lmagandan so'ng "Al Nassr" ushbu o'yinchida to'xtagan. Saudiyaliklar 31 avgustga qadar transferni hal qilish niyatidalar.
"Manchester Yunayted" ham yangi mavsum uchun yangi futbolchilar sotib olish, shu maqsadda kerak bo'lmagan o'yinchilarni sotish niyatida. Bundan tashqari, Antonining maoshi ham juda katta – haftasiga 100 ming funt.
Ma'lumot uchun, MYU Antonini 2022 yilda 82 mln funt evaziga "Ayaks"dan sotib olgandi.



