"Al Nassr" Krishtianu Ronalduga Italiyadan yangi murabbiy topdi

Omonjon To`xtamirzayev
10 sen 2024
"Milan" klubi sobiq bosh murabbiyi Stefano Pioli faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettidarigan ko'rinadi.

Jurnalist Alfredo Pedullaning xabar berishicha, Stefano tez orada "Al Nassr" bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi. Eslatib o'tamiz, avvalroq Pioli "Al Ittixod"da ish boshlashi mumkinligi aytilgan, biroq so'nggi pallada barchasi bekor bo'lgandi.

E'tiborli jihati, Saudiya Arabistonida ish boshlashi uchun Pioli "Milan" bilan amaldagi shartnomasini bekor qilishi talab etiladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Альфредо Педулла