"Al Nassr" Kashtruga taklif bilan chiqdi, unga to'rt barobar ko'p maosh taklif qilindi

Aziz Tukhtamuradov
18 iyun 2023, 07:40
Luish Kashtru Saudiya Arabistonining "Al Nassr" jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Klub "Botafogo" murabbiyiga bir yillik shartnoma taklif qilmoqda. Uning maoshi Rioda oladigan puldan to'rt barobar ko'p bo'lishi kutilmoqda. 

61 yoshli portugaliyalik mutaxassisning "Botafogo" bilan shartnomasi 2024 yilning apreliga qadar mo'ljallangan. Braziliyaliklar kelishuvni uzaytirmoqchilar. 

Kashtru o'z vaqtida "Duhayl", "Shaxtyor" va "Portu" jamoalarida ishlagan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Maisfutebol