"Al Nassr" "Bavariya"ning roziligidan keyin Mane bilan muzokaralar olib bormoqda

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2023, 14:42
"Al Nassr" nemis klubi maqullaganidan keyin "Bavariya" hujumchisi Sadio Mane bilan muzokaralarga kirishdi.

Bu haqda "Al-Riyadiah" xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Myunxen klubi futbolchi bilan 30 mln evro evaziga xayrlashishga rozi bo'lgan. Afrikalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 mln evroga baholamoqda.

Vinger 2022/23 yilgi mavsumda "Bavariya" safida 38 ta o'yinda qatnashib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Al-Riyadiah