

Klub futbolchining tibbiy ko'rik sanasini aniqlab olgan. Portugaliyalik hamda uning vakillari uchun joy buyurtma qilingan.
Saudiyaliklar barcha rasmiyatchiliklar qishki transfer oynasida muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid qilishmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, shartnoma shartlari kelishib olingan, Ronaldu imzo cheksa bo'lgani.
Oldinroq Krishtianu hamda arab klubi o'rtasidagi bitim 2025 yilgacha mo'ljallangani va futbolchi yiliga 200 mln. evro ishlab topishi e'lon qilingan edi.


