"Al-Nasr" futbolchisi "Santos"ga o'tdi

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2017, 16:41
"Vilyarreal" va "Lion" safidagi o'yinlari bilan mashhur bo'lgan Nilmar vataniga qaytdi.

32 yoshli futbolchi "Santos" bilan shartnoma tuzdi. Kelishuv 2018 yilning dekabrigacha belgilangan.

"Katta tarixga ega klubga o'tganimdan xursandman. Bu men uchun ajoyib imkoniyat va chaqiruv. "Santos" safida maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman" - deydi Nilmar.

Nilmarning so'nggi klubi "Al-Nasr" edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com