“Al-Jayish” – “Nasaf” uchrashuvi hakamlari

Narzulla Saydullayev
12 mar 2016
“Nasaf” jamoasi OCHL guruh bosiqchidagi 3-tur uchrashuvini safarda Qatarning “Al-Jayish” klubiga qarshi o'tkazadi.

Osiyo Chempionlar ligasi 3-turi doirasidagi “Al-Jayish” – “Nasaf” uchrashuvi hakamlari ma'lum bo'ldi.  Unga ko'ra, bahsni ummonlik hakam Ahmad Abu Bakar Said Al-Kaf boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo'ldi.  Unga qanotlarda iroqlik Muayad Muhammad Ali va malayziyalik  Mohd Shahrenlar yordam berishadi.  Uchrashuv to'rtinchi hakami sifatida hindistonlik  Shrikrishna Ramasvami ishlaydi. Hakamlar ishini suriyalik mutaxasis Muhammad Basil Alhajjar nazorat qiladi.
 
Uchrashuvda bangladeshlik Anvarul Huq komissarlik qiladi.
 
OCHL, 3-tur. 16.03.2016.
   
“Al-Jayish” (Qatar) - “Nasaf” (O'zbekiston)  
Bosh hakam:
Ahmad Abu Bakar Said Al-Kaf (Ummon)
Qanot hakamlari: Muayad Muhammad Ali (Iroq), Mohd Shahren (Malayziya)
To'rtinchi hakam: Shrikrishna Ramasvami (Hindiston)
Hakamlar nazoratchisi: Muhammad Basil Alhajjar (Suriya)
Uchrashuv komissari: Anvarul Huq (Bangladesh).

Eslatib o'tamiz, uchrashuv 16 mart chorshanba kuni bizning vaqt bilan soat 20:45da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz