"Al Hilol" xususiy klubga aylanmoqda

Mirjalol Normatov
2 yanv 2026
"Al Hilol"ni xususiy egalar kutmoqda.

Ben Jeykobsning ma'lumotiga ko'ra, klub Saudiya Arabistoni mustaqil fondi nazoratidan chiqariladi va xususiy biznesmenga topshiriladi.

Yaqin vaqtlarda ushbu inson nomi ma'lum qilinadi. Avvalo klubni investorga topshirilishidan oldin stabillashtirish kerak bo'ladi.

Hozirda "Al Nassr", "Al Ittihod" va "Al Ahli" kabi klublar ham ushbu fond nazorati ostida hisoblanadi va ularda egalar almashishi ehtimoli mavjud emas.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/JacobsBen